Navoiy viloyat Bolalar kutubxonasi hududlar bilan…

96

?Navoiy viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan hududlarimizda joylashgan umumta’lim maktab kutubxonalari faoliyati o’rganilib, amaliy-uslubiy yordamlar ko’rsatib kelinmoqda.


?Shu munosabat bilan , 2022- yil 12-aprel kuni mas’ul xodimlar tomonidan Xatirchi, Karmana, Qiziltepa tumanida joylashgan barcha maktab kutubxonalarini o’rganish, faoliyati bilan tanishish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy-uslubiy yordamlar ko’rsatish maqsadida o‘quv seminar bo’lib o’tdi.


✅ Bu kabi o’rganishlardan asosiy maqsad ta’lim tizimida maktab kutubxonalarining o’rni muhim ahamiyatga ega ekanligi, kitobxonlar, o’quvchi-yoshlar uchun zarur shart-sharoit bilan ta’minlash, kitoblar ba’zasini kengaytirish, kutubxona va kutubxonachi imidjini yaratishdan iborat.

Comments are closed.