“KITOB – QALB GAVHARI, KO‘NGIL ZIYNATI” mavzusida kitobxonlik bayrami
2022-yil 1-aprel kuni Navoiy viloyati Bolalar kutubxonasida 2-aprel “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” jamoatchilik tadbiri, “Bir farzandga-uch kitob” aksiyasi, “Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari” xayriya marafoni hamda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari doirasida “KITOB – QALB GAVHARI, KO‘NGIL ZIYNATI” mavzusida kitobxonlik bayrami o‘tkazildi.


Tadbirni kirish so‘zi bilan viloyat Bolalar kutubxonasi direktor o‘rinbosari SH.Boqiyeva ochib berdi hamda barchani kitobxonlik bayrami bilan qutladi.


Mehnat faxriysi Salim Qurbonov “Kitob-qalb chirog‘i, tafakkur qanoti”, Yozuvchilar uyushmasi yetakchi mutaxassisi Jamshid Bo‘ron “Kitob-buyuk ustoz” mavzularida ma’ruza qilib, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini zoye ketkazmasdan, kitob o‘qishga chorladi, Vatanimizga sidqidildan xizmat qiladigan, har sohada yetuk mutaxassis bo‘lib yetishlariga ishonch bildirdi.




Kitobxonlik bayramida Navoiy viloyati Bolalar kutubxonasi faol kitobxonlari, Karmana tuman 7-son “Sunbula” nomli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari, Karmana tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 10-15-28-umumiy o‘rta ta’lim maktablari badiiy jamoalari kitoblar taqdimoti, sahna ko‘rinishlari, jozibali raqs va she’rlari bilan ishtirok etishdi.






Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Bo‘sh o‘tirma bosh qotir” intellektual o‘yini, “Topishmoqlar bilag‘oni” topqirlik o‘yinlari o‘tkazildi. O‘quvchilar o‘zlarini zukko va bilimdon ekanliklarini namoyish etib, kichkintoy tomoshabin uka-singillari olqishiga sazovor bo‘lishdi.





Shuningdek, tadbir davomida Milliy tiklanish demokratik partiyasi vakili hamda yoshlar ishlari agentligi Ergashov Sardor so‘zga chiqib, viloyat Bolalar kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qildi.


“Navoiy kitob savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan kitob yarmarkasi tashkil etildi. Ota-onalar farzandlariga kitob sotib olib berishdi. Navoiy viloyat Bolalar kutubxonasiga faol kitobxonlar va xodimlar tomonidan 50ga yaqin adabiyotlar qabul qilib olindi.





Tadbir so‘ngida viloyat Bolalar kutubxonasi hamda hamkor tashkilot Milliy tiklanish demokratik partiyasi tomonidan faol ishtirokchilar va jamoalar DIPLOM hamda TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi.






Navoiy viloyati Bolalar kutubxonasi direktori M.Toshov
Comments are closed.