“Shoh va shoir siymosi”

32

Buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan 7-sinflar o‘rtasida “Shoh va shoir siymosi” mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
   Mazkur tadbirda o‘quvchilar Boburning hayoti va ijodi, uning boy adabiy merosi hamda tarixiy faoliyati yuzasidan bilim va tafakkurlarini namoyon etdilar. Bellashuv qiziqarli va murosasiz ruhda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarining zukkoligi, topqirligi hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini ko‘rsatdilar.
   Yakunda faol va yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar hamda o‘quvchilar taqdirlandi. Tadbir ko‘tarinki ruhda yakunlandi hamda yoshlar qalbida buyuk ajdodimizga bo‘lgan hurmat va ehtirom tuyg‘ulari yana bir bor mustahkamladi.

Comments are closed.