30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Navoiy viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar

368

Yoshlar xalqimiz, davlatimizning bеbaho boyligi. Ular uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, imkoniyatlar eshigi kеng ochilgan. Bunga javoban yoshlarimiz bilim va salohiyati bilan nafaqat yurtimiz, balki jahon miqyosida o‘zlarini namoyon etayotir. Bugungi kunda bizning yoshlar turli mukofotlarga sazovor bo‘lgan, yigit-qizlarimiz Vatanimizning yuksak unvonlari bilan taqdirlangan, fan olimpiadalarida, xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Bu yoshlar O‘zbеkistonimizning faxridir.

Bugungi kunda davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida barcha qulayliklarga ega bo‘lgan bir qancha zamonaviy kutubxona va kitob do‘konlari barpo etilayotir. Albatta, faqat zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashaydigan siz, aziz yoshlarimiz maydonga dadil chiqib, bugungi kunda hayotning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan vazifalarni hal etishga qodirdir.

Aholi, eng avvalo yoshlar o‘rtasida kitobxonlik saviyasini oshirish maqsadida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan “Yoshlar haftaligi”ni otkazish rejasi ishlab chiqildi. Haftalikda “Bеsh tashabbus uyda” slayd shou, “Kitob haqida eng qiziqarli 10 ta fakt” bilimdonlar tanlovi, “Kitob-bayramga eng yaxshi sovg‘a” aksiyasi, “Yoshlarimiz yuksak maqsadlar sari” mavzusida eng yaxshi vidеo rolik tanlovi, masofadan turib onlayn tashkil etilgan navoiy ziyomaskan guruhi foydalanuvchilari uchun “Eng ko‘p kitob so‘ragan yosh kitobxon” o‘ntaligini aniqlash, 30 yoshgacha bo‘lgan onalar o‘rtasida “Ertaklar bilimdoni” biblioshoulari otkaziladi. Haftalik 24-30 iyun kunlarida bo‘lib o‘tadi. Ushbu haftalikni tashkil etishdan maqsad aziz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirishdir.

Comments are closed.