21-oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 31 yilligi munosabati bilan “Til – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida chiqarilgan ko‘rgazma hamda tayyorlangan video rolik guruhlarga targ‘ibot qilindi

335

21-oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 31 yilligi munosabati bilan “Til – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida chiqarilgan ko‘rgazma hamda tayyorlangan video rolik guruhlarga targ‘ibot qilindi

Til insonlarning o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib, yaratganning insonlarga  bergan ne’matidir. Har qanday millatning iftixori, bebaho boyligi uning o‘z ona tilidir.

Turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tili ham biz o‘zbeklarning eng qimmatli boyligimizdir. Tilimizning go‘zalligi, ma’no jilolari Navoiy davridayoq o‘z ifodasini topgan, bu tilda bir-biridan ajoyib asarlar bitilgan.

Shu tilning sofligini asramoq, uni yanada boyitib avlodlarga yetkazmoq bizning zimmamizdadir.

O‘zbek tilining qonuniy muhofazasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan bog‘liq.

Ma’lumki, 1989 yil 21-oktyabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida respublikamizda keng nishonlanadi.

2020 yil 9 oktabr kuni 21-oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 31 yilligi munosabati bilan “Til – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida kitob ko‘rgazmasi chiqarildi hamda videorolik tayyorlandi. Chiqarilgan ko‘rgazmadan 35 nafar maktab o‘quvchilari, MTT xodimlari hamda barcha foydalanuvchilar foydalandilar. “Til – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida tayyorlangan videorolik viloyat Bolalar kutubxonasi xodimlari tomonidan ochilgan “navoiy ziyomaskan UYDA QOLING”, “QALBAN BIRGA KITOBSEVARLAR! UYDA QOLING!”, “KITOB BILIM GAVHARI”, “KITOB BILAN HAYOT GO‘ZAL. UYDA QOLING BIZ SIZ BILAN BIRGAMIZ”, “KITOB BEMINNAT DO‘ST!”, “KITOB QALB KO‘ZGUSI”, “KITOB BILAN HAMNAFAS”, “Ajoyib kitoblar” “Buyuk xazina” “Kitob – qalb gavhari, “Kitob ulashamiz/uyda qoling va kitob o‘qing”, “Kitobxonlar klubi”, “Audio va elektron kitoblar”, “Mutolaa”, “Oilaviy uyda qolib kitob o‘qiymiz”, “Onlayn kutubxona”, “Onlayn kutubxona”, “Kutubxona nurxona/uyda qoling”, “Kitob tafakkur qanoti”, “Uyda qoling va kitob mutolaa qiling”, “Navoiy VKB kitob o‘qing”, “Yangi kitob – yangi olam”, “Kitob bilan uyda qoling”, “Onlayn kutubxona telegramingizda”, “Ko‘chma kutubxona onlayn”, “Navoiy uslubshunoslar”, “Ziyo manbai”, “Tarixga sayohat” gruppalariga elektron tarzda targ‘ibot qilindi. Videorolikdan 1000ga yaqin foydalanuvchi foydalandi.

Comments are closed.