AXBOROT KUTUBXONA RESURSLARINI JAMLASH VA KATALOG YARATISH BO‘LIMI

MAQSAD VA VAZIFALARI

Bo‘lim vazifasi avvalo elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondi qo‘yidagilar hisobiga to‘ldiriladi. Xarid qilish, obuna bo‘lish (davriy nashrlarni tarqatadigan tashkilotlar orqali), ayirboshlash (xalqaro va kutubxonalararo kitob ayirboshlash yo‘li bilan) amalga oshiriladi.

Butlash kutubxona fondini tashkil qilishning asosi bo‘lib, kutubxona faoliyatida kitob olishdan boshlanadi. Butlash asosan Bolalar kutubxonasi joylashgan hududning iqtisodiy madaniy-ma’naviy tomonlarni, u yerda aholining tarkibi, talabi va qiziqishini hisobga olish lozim. Shundan so‘ng kitob olish manbalari aniqlanib, ular bilan shartnomalar tuziladi va kitob olishga kirishiladi. Yangi olingan adabiyotlarni bolalar kutubxonasi fondiga qabul qilinadi.

Mazkur bo‘limda kitob fondining tarkibini o‘rganish masalalari ochiladi. Komplektlash yo‘nalishi belgilab beriladi; uning  saqlanishga  doir  tadbirlar  mo‘ljallanadi; ma’lumotnoma-izlash  apparatini takomillashtirish yoritiladi va quyidagi vazifalar  amalga oshiriladi:

– Bolalar kutubxonasi  fondiga  hujjatlarning  kelib  tushishini  hisobga  oladi;

– Olingan  hujjatlarga   ilmiy texnik  ishlov  berishni tashkil qiladi;

– Jamg‘arma  tarkibini  va  undan  foydalanilishini  o‘rganadi  va  tahlil  qiladi;

– Jamg‘armaning  to‘g‘ri  joylashtirilishini  kuzatib boradi;

– Ilmiy  va  bilim  berish  qiymatini  yo‘qotgan (eskirgan)  va  yaroqsiz holga kelgan 

hujjatlarni  aniqlash, ularni  o’rnatilgan  me’yorlar  va  qoidalar  bo‘yicha  o‘z vaqtida 

mhisobdan  chiqarilishini  amalga  oshiradi;

–  Jamg‘armaning  davriy  tekshiruvlarini  o‘tkazadi;

– Alfavitli va  sistemali  kataloglar  bilan  ishlashni olib  boradi, tahrir qiladi va ularning ahvoliga  javobgar;

– 2023 yil  yillik  ish  rejada  ko‘rsatilgan  barcha  ishlarni amalga  oshiradi.