“O’zbekiston Vatanim manim”
???2024-yil 23-avgust kuni Viloyat Bolalar kutubxonasida 1-sentabr O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag’ishlab, “Bir bo’lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!” shiori ostida “O’zbekiston Vatanim manim” mavzusidagi ommaviy tadbir bo’lib o’tdi.

✅Tadbirda hamkor tashkilotlardan 523-SCHR batalyoni askarlari, Karmana tumani 17- umumta’lim maktabi o’quvchilari, Karmana tumani “Quyoshjon” nomli 3-sonli DMTT hamda Karmana tuman Nuroniy jamg’armasi jamoatchilik kengashi a’zolari she’r, raqs, sahna ko’rinishi va qo’shiqlari bilan faol ishtirok etdilar.

❇️Viloyat Bolalar kutubxonasining faxriy ustozi S.Qurbonov yoshlarga mustaqilligimiz to’g’risida nutq so’zladilar. Tadbir so’ngida faol ishtirok etgan ishtirokchilarga Viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan Tashakkurnoma va Diplomlar topshirildi.

?Navoiy viloyati Bolalar kutubxonasi axborot xizmati
Comments are closed.