NAVOIYDA “KITOBXONLIK FESTIVALI” O‘TKAZILDI

90

Kitobxonlik_festivali

? NAVOIYDA “KITOBXONLIK FESTIVALI” O‘TKAZILDI

?Bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Navoiy viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Navoiy viloyatida “Kitobxonlik festivali” bo‘lib o‘tdi.

? Ushbu festivalda Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Navoiy viloyat bolalar kutubxonasi, barcha viloyat Bolalar kutubxonalari mas’ullari hamda kitobsevar o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.

?Festival doirasida bugun quyidagi kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarining g‘oliblari taqdirlandi: ?

✅“Eng kitobxon maktab”
✅“Eng  faol kitobxon oʻquvchi”
✅“Ijodkor bolalar”
✅“Eng kitobxon oila”
✅“Eng faol kutubxonachi”

? Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarida jami 20 000 nafarga yaqin o‘quvchilar qamrab olinib, 30 nafar g‘olib o‘quvchilar taqdirlandilar.

? Festival davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishlab, festival tom ma’noda ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

✅ Navoiy viloyat bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Comments are closed.