Navoiy viloyatiga “BIBTEXNIKA” jamlanmalari karvoni yetib keldi.

14

📗📕📘O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining umumta’lim maktab kutubxonalarida yuritilishi zarur bo‘lgan asosiy me’yoriy hujjatlar to‘plami Navoiy viloyatiga “BIBTEXNIKA” jamlanmalari karvoni yetib keldi.

✅ Shu munosabat bilan 8 turdagi “BIBTEXNIKA” vositalarini qabul qilish va tarqatish jarayoni tashkil etildi.

📚 8 turdagi kutubxona hujjatlardan iborat jamlanma bugun Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R. Zokirova Viloyat Bolalar kutubxonasi direktori R. Rizayeva ishtirokida barcha tuman, shahar mas’ullariga topshirildi.

🟢 Mazkur “Bibtexnika” jamlanmalari Viloyat Bolalar kutubxonasi, 364 ta tuman,shahar umumta’lim maktab kutubxonalari hamda 7 ta ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga yetkazib berildi.


♻️Ushbu jarayon bo‘yicha tuman, shaharlar kesimida Bolalar kutubxonasi xodimlari tomonidan o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda.

🔗Navoiy viloyati Bolalar kutubxonasi axborot xizmati

Comments are closed.