“Har haftada bir kitob mutolaa qilamiz”

38

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–9-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida G‘ozg‘on shahar 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasida “Har haftada bir kitob mutolaa qilamiz” loyihasi doirasida kitob taqdimoti tashkil etildi.
Tadbirda maktab direktori J. Azimov boshchiligida 10-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi. Taqdimot davomida o‘zbek adabiyotining taniqli yozuvchisi Asqad Muxtorning “Chinor” romani haqida batafsil ma’lumot berildi.“Chinor” romani o‘zining mazmunan boyligi, hayotiy voqealarga boyligi hamda insoniy fazilatlarni ulug‘lashi bilan ajralib turadi.Tadbir davomida o‘quvchilar asar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kitob mutolaasining inson hayotidagi ahamiyati haqida suhbatlashdilar. Ushbu tadbir o‘quvchilarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

Comments are closed.