Uslubiy bo‘lim
BO’LIMNING VAZIFALARI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4467-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respunlikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 maydagi “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 331-sonli Qarori hamda O‘zbekiston respublikasi vazirlar Mahkamasining 2022 yil 30-sentabrdagi 552-son Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Uslubiy bo‘limi Bolalar kutubxonasining barcha bo‘limlariga, tuman, shahar maktab kutubxonachilariga amaliy yordam beradi va barcha ishlarining bajarilishini nazorat qiladi. Dolzarb mavzular, unutilmas sanalar, yozuvchilarning yubileylariga bag‘ishlab uslubiy tavsiyalar tayyorlaydi va maktab kutubxonachilariga tarqatadi. Bolalar kutubxonasi tuman, shahar maktab kutubxonachilarining kasb mahoratini oshirish maqsadida kutubxonachilar bilan “Ilg‘or ish tajriba maktabi” o‘quv- seminarlarni muntazam ravishda o‘tkazib boradi.
Xodimlar o‘rtasida “Ustoz-shogird” o‘quv mashg‘ulotlarini reja asosida o‘tkazadi. Uslubiy bo‘limi xodimlari Respublika hamda viloyat ko‘rik-tanlovlarning yuqori saviyada o‘tkazishda mas’uldir. Tuman, shahar maktab kutubxonalariga borib muntazam ravishda tashkiliy va amaliy yordam beradi, ularning ish faoliyati haqida rahbariyat kengashi oldida hisobot beradi.