MA’LUMOT VA BIBLIOGRAFIYA SHO‘BASI
BO’LIMNING VAZIFALARI
Har tomonlama yuksak bilimga intiluvchi, komil, salohiyatli yoshlarimizni o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat ruhida kamol toptirishda, ularni yuksak ma’naviyat va ma’rifat sohibi qilib tarbiyalashda ma’lumot va bibliografiya sho‘’basi faoliyatining ahamiyati juda kattadir. Bizning asosiy vazifamiz bo‘limga tashrif buyurgan kitobxonlarga namunali xizmat ko‘rsatib, imkoni boricha doimiy kitobxonga aylantirish uchun harakat qilish. Bugungi kunda sho‘’ba xodimlari o‘z oldilariga bir qancha maqsad va vazifalarni qo‘yishgan.
Ular quyidagilar:
-xalqimizning qadimiy va shonli tarixini uzviy davom ettirish;
-milliy va ma’naviy ahloqiy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish;
-kitobxonlarga yangi axborot texnologiyalari asosida xizmat qilish;
-ajdodlarimizning merosini, qadriyat va urf-odatlarini yoshlarimizga, talabalarga, aholiga yetkazish;
-matbuot asarlarini izlashda, bibliografik manbalar va ma‘lumotnomalar bilan tanishishda kitobxonlarga yaqindan yordam ko‘rsatish;
-kitobxonlarga yakka, guruhli va ommaviy xizmat ko‘rsatish;
– kutubxonaning an’anaviy va elеktron tashuvchilardagi ma’lumotlar-bibliografik apparati (kataloglar, kartotеkalar, bibliografik estaliklar, adabiyotlarning tavsiyaviy ro‘yxati, axborot matеriallari)ni yuritadi va tuzish;
– Axborot va Mutaxassis kunlarini o‘tkazish;
– kitobxonlarga yangi asarlardan individual va jamoaviy tarzda xabardor etadi hamda bibliografik ma’lumot va axborotlarni etkazib berish;
-tuman, shahar maktab kutubxonalarining bibliografik ishlarida amaliy hamda uslubiy ko‘maklashishdan iborat.