“IJODKOR BOLALAR” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 17-martdagi 04-38-368-sonli xati ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘quvchi yoshlarning istedodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilish maqsadida bugun viloyat Bolalar kutubxonasidа “Ijodkor bolalar” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovda tuman, shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ijodkor o‘quvchilar ikkita shart asosida o‘zaro bellashdilar.
????O‘quvchilarning ijod namunalari hakamlar hay’ati tomonidan xolisona baholanib, tanlov yakunida

????Navoiy shahar 16-umumtaʼlim maktabi o‘quvchisi Qurbonov Alisher I-o‘ringa;
????Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Abdiaxatova Nodira II-o‘ringa;

????Navbahor tuman 3-umumtaʼlim maktabi o‘quvchisi Tolibjonova Parizod III-o‘ringa munosib deb topildi. G‘oliblarga viloyat Bolalar kutubxonasi rahbariyati tomonidan I-II-III-darajali Diplom, hamda barcha ishtirokchilar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
Comments are closed.