Navoiy viloyatiga “BIBTEXNIKA” jamlanmalari karvoni yetib keldi.

72

???O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining umumta’lim maktab kutubxonalarida yuritilishi zarur bo‘lgan asosiy me’yoriy hujjatlar to‘plami Navoiy viloyatiga “BIBTEXNIKA” jamlanmalari karvoni yetib keldi.

✅ Shu munosabat bilan 8 turdagi “BIBTEXNIKA” vositalarini qabul qilish va tarqatish jarayoni tashkil etildi.

? 8 turdagi kutubxona hujjatlardan iborat jamlanma bugun Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R. Zokirova Viloyat Bolalar kutubxonasi direktori R. Rizayeva ishtirokida barcha tuman, shahar mas’ullariga topshirildi.

? Mazkur “Bibtexnika” jamlanmalari Viloyat Bolalar kutubxonasi, 364 ta tuman,shahar umumta’lim maktab kutubxonalari hamda 7 ta ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga yetkazib berildi.


♻️Ushbu jarayon bo‘yicha tuman, shaharlar kesimida Bolalar kutubxonasi xodimlari tomonidan o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda.

?Navoiy viloyati Bolalar kutubxonasi axborot xizmati

Comments are closed.