Xush kelibsan Yangi yil

112

?2022-yil 29-dekabr kuni Karmana tumani hokimligi, Karmana tuman Madaniyat markazi, Karmana tuman yoshlar agentligi hamda viloyat Bolalar kutubxonasi hamkorligida “Xush kеlibsan Yangi yil!” mavzusida bayram ertaligi o‘tkazildi.

?Viloyat Bolalar kutubxonasi hamda Karmana tuman Madaniyat markazi xodimlari, faol o‘quvchilari hamda to‘garak a’zolari tomonidan tayyorlangan va sahnalashtirilgan multfilm qahramonlari, yovuz qaroqchilar, ertak qahramonlari, o‘rmon hayvonlari kabi chiqishlari bolajonlarga taqdim etildi.

? Karmana tuman Madaniyat markazi xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar davraga fayz qo‘shdi. O‘quvchilar tomonidan qish, yangi yil haqida she’rlar hamda jozibali raqslar ijro etildi.

?✨Davraga bolajonlar taklif qilinib qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi va g‘olib bo‘lgan bolajonlarga sovg‘alar ulashildi.

?Navoiy viloyati Bolalar kutubxonasi axborot xizmati

Comments are closed.