Umumta’lim maktablari kutubxonachilarining malakasini, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, “KUTUBXONALARDA MAVJUD MEʼYORIY HUJJATLAR BILAN ISHLASH VA ULARNI YURITISH TARTIBI” mavzusida o‘quv-seminar
9-avgust kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan Navoiy viloyatidagi maktab kutubxonachilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
Ushbu o‘quv-seminarga tashrif buyurgan maktab kutubxonachilariga kataloglar turlari, kitoblarga ishlov berish tartibi kitob fondidan chiqarilayotgan kitoblar jamlama hisobga olish kitobi kitobxon formulyari namunasi, kitobning indeksi, jurnal va gazetalarni hisobga olish tartibi haqida tushuntirildi.
Bundan tashqari Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, faol kutubxonachilar hamda kutubxona to‘garagining faol ijodkor bolalari seminar davomida taqdirlandilar