#DIQQAT_TANLOV
Dolzarb 90 kun doirasida “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” onlayn tanlovi e’lon qilinadi!
I. TANLOV SHARTLARI QANDAY
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 7-10-sinf o’quvchilari ishtirok etadi.
“Men o‘qigan kitob” taqdimoti yo‘nalishida ishtirokchilar o‘zlari oxirgi olti oy davomida o‘qigan kitoblardan biri bo‘yicha tahliliy ma’limotni 3–5 daqiqalik videorolik orqali ochib berishi kerak bo‘ladi.
Videoroliklar 2026-yilning 10–20-iyun kunlari soat 18:00 ga qadar https://t.me/Qodirovxusan Telegram manziliga yuboriladi.
II. G‘OLIBLARNI ANIQLASH TARTIBI QANDAY
G‘oliblar 100 ballik tizimda baholanadi:
Birinchi: kitob mazmuni ochib berilganligi uchun — 30 ballgacha;
Ikkinchi: asar qahramonlari va undan olgan xulosalarini tushuntirish uchun — 30 ballgacha;
Uchinchi: nutq ravonligi va mustaqil fikrlash qobiliyati uchun — 40 ballgacha.
G‘oliblar 2026-yilning 25-iyun kuni soat 21:30 da https://t.me/beshtashabbus_maktabda Telegram kanalida e’lon qilinadi.
III. G‘OLIB QANDAY MUKOFOTLANADI
Eng yaxshi deb topilgan 3 nafar ishtirokchi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi!
Quyidagilar taqiqlanadi
Tanlovga mos bo‘lmagan videoroliklarni yuborish.
Bir kishi tomonidan bir necha kishining ishini qayta-qayta yuborish.
Belgilangan muddatdan tashqarida ijodiy ishlarni yuborish.
Hajmi 10 megabaytdan ortiq videoroliklarni yuborish.