E’TIBOR VA EHTIROM!

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Karmana tumanida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Karmana tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Shomiyeva, viloyat boshqarmasi mutaxassisi D.G‘afforova, diniy ishlar bo‘yicha mas’ul xodim B.Nasriddinov, tuman bosh otinoyisi N.Xusenova hamda tumandagi barcha otinoyilar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va bugungi farovon hayot yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etildi. So‘zga chiqqanlar tomonidan Xotira va qadrlash kunining mazmun-mohiyati, inson qadrini ulug‘lash, keksa avlod vakillariga hurmat ko‘rsatish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida alohida ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir davomida urush va mehnat faxriylarining hayot yo‘li, ularning mashaqqatli mehnati hamda bugungi tinch va osuda hayotimizni barpo etishdagi xizmatlari e’tirof etildi.