О’quvchilarning mustaqil fikrlash koʻnikmalarini yanada shakllantirish, ularga ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini keng targʻib qilish orqali
kitobxonlikka jalb etish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan uch bosqichli “Jadidlar izidan” tanlovining
tuman, shahar bosqichi 2024 yil 31-oktyabrda o‘tkazildi. “Jadidlar izidan ” tanlovi berilgan nizom asosida 6-8, 9-10-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.
“Jadidlar izidan” tanlovining birinchi bosqichida 497 nafar ishtirokchi ishtirok etib 22 nafar o‘quvchi g‘oliblikkni qo’lga kiritdi.