Kitob o‘qish – eng foydali odatlardan biridir. Kitoblar bizga yangi bilimlar beradi, tasavvurimizni kengaytiradi. Kitobxonlik nafaqat bilim, balki xulq-atvor va mardlik kabi fazilatlarni ham shakllantiradi.
Shunday kitoblardan biri – Aleksandr Pushkinning “Olik malika va yetti bahodir” ertagi. Ushbu ertak sehrli voqealar bilan to‘la bo‘lib, bolalarni do‘stlik, halollik, mardlik va adolat kabi fazilatlar bilan tanishtiradi.
Gʻozgʻon shahar 3-umumiy oʻrta ta’lim maktabi kutubxonasida “Bir haftada bir kitob” loyihasi doirasida 2-sinf o‘quvchilari ushbu ertak asosida bellashuv o‘tkazdilar.
Bellashuv shartlari quyidagicha edi:
- Bilimlar jangi –savol-javoblar.
- Sifatlar zanjiri va lug‘at boyligi
- Aql sandigi (buyum nomi) –
- Davom ettir – ertak davomi
- Mozayka qahramon – ertak qahramonlarini mozaika shaklida yaratish.
Bilimdonlar – 36 ball
Zukolar – 26 ball
Bellashuv davomida o‘quvchilar ertakni mantiqiy fikrlash va ijodiy tasavvur ko‘nikmalarini ham rivojlantirdilar.