2-aprel “Xalqaro bolalar kitoblari kuni”

2-aprel “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan “Farzandimga kitob sovga‘ qilaman” jamoatchilik tadbiri, “Bir farzandga-uch kitob” aksiyasi, “Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari” xayriya marafoni doirasida “Kitob-ma’rifat chirog‘i” mavzusida 2026-yil 2-aprel kuni Navoiy viloyat Bolalar kutubxonasida xayriya marafoni tashkil etildi. Tadbirni viloyat Bolalar kutubxonasi direktori so‘zga chiqib, asosiy maqsad-bolalar va yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash ekanini ta’kidladi. Shundan so‘ng Karmana

tumanida joylashgan 3-MTT jajji bolajonlari, 15-umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘zlarining raqs, she’r, sahna ko‘rinishlari bilan barchaga yaxshi kayfiyat ulashishdi. Shuningdek, marafon doirasida “Kitob hayotni yaratuvchi murabbiydir” mavzusida kitob ko‘rgazmasi hamda “Navoiy kitob savdo” MChJ kitob savdosi tashkil etildi. Tadbir davomida kitobxon o‘quvchilar, aholi, ota-onalar va turli tashkilot vakillari faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar tomonidan “Navoiy kitob savdo” MChJ tomonidan keltirilgan  ilmiy-ommabop va tarbiyaviy ahamiyatga ega, badiiy, bolalar adabiyotlar kutubxonaga sovg‘a qilindi