Voyaga yetmaganlar tarbiyasi doimiy e’tiborda

379

Bugun Xalq ta’limi vazirligida “Ta’lim muassasalarida ma’naviiy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish omillari” mavzuida respublika o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Tadbirda vazirlikning tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari, hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining rahbar o‘rinbosarlari, ma’naviy-axloqiy tarbiya sho‘basi mudirlari ishtirok etishdi.

Respublika o‘quv-seminari xalq ta’limi tizimida ma’naviy-ma’rifiy sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarga ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni, o‘quvchilar o‘rtasida nazoratsizlik, xuquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi tadbirlarni samarali tashkil etish borasida uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etildi.

Seminarda so‘zga chiqqanlar ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish holati, o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlar hamda “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashining faoliyatini yanada jonlantirish borasidagi ustuvor vazifalar xususida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

Shuningdek, ishtirokchilarga umumta’lim maktablaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida “Ilm-ma’rifatning fazilatlari” nomli qo‘llanmadan foydalanishni tashkil etish masalalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi, ularga metodik yordam ko‘rsatilib, zarur o‘quv ko‘rgazmali vositalar tarqatildi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.